☄️ «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida «»A’lo maktab-2025″ loyihasining birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha maktabning natijasi» mavzusida respublika amaliy-uslubiy seminari Qonliko‘l tumani 2-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazildi.

✔️ Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri G.Kojabaeva, vazirning birinchi o‘rinbosari A.Dauletbaev, Respublikamiz bo‘ylab «A’lo maktab» loyihasining III guruhidagi Mo‘ynoq, Qo‘ng’irot, Sho‘manay, Xo‘jayli, Taxiatosh tumanlaridagi 51 ta maktabning va Qonliko‘l tumanidagi barcha maktab direktorlari ishtirok etdi.

➡️ Seminar davomida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i tomonidan hududda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlarning borishi, ijobiy natijalar, yutuqlar hamda kelajak rejalari, Qonliko‘l tumani 2-sonli maktabning rahbariyati va jamoasi tomonidan «A’lo maktab 2025» loyihasining birinchi yarim yillik yakunlari bilan ijobiy natijalarga erishilganligi, vazirlikning mas’ul xodimlari tomonidan esa, yangi baholash tartibining ahamiyati, mazmun-mohiyati, 2024-2025-o‘quv yili yakunlari bilan ta’lim sifati tashqi onlayn monitoring natijalari haqida tahlil qilingan ma’lumotlar (taqdimot) seminar ishtirokchilariga yetkazildi.

✅ Vazirlikning reja-grafigi asosida belgilangan joylarda guruhlarga bo‘lingan holda barcha maktab direktorlarining ishtirokida 2025-yil 12-avgust sanasigacha davom etishi belgilangan.