☄️ O‘quvchi-yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirishiga ko‘maklashish bugungi kunda ta’lim sifatini oshirishdagi muhim yo‘nalishlardan biridir.
✔️ Shu maqsadda, 2025 yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining 35 ta umumta’lim maktabiga 595 dona zamonaviy kompyuter to‘plamlari yetkazib berilmoqda.
📍 Bugun esa Qo‘ng‘irot tumanidagi 31, 35, 40, 43, 47 va 53-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablariga zamonaviy kompyuter to‘plamlari tantanali ravishda topshirildi.
✅ ️Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri G.Kojabaeva, vazirning birinchi o‘rinbosari A.Dauletbaev ishtirok etdi.
✅ ️Bu texnik uskunalar maktablarda zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘qitish sifatini oshirish, o‘quvchilarning raqamli ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.