️Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’limning sifatini oshirish, maktablarda innovatsion yondashuvlarni joriy etish maqsadida amalga oshirilayotgan «A’lo maktab-2025» loyihasining I yarim yillik yakunlari bo‘yicha amaliy-uslubiy respublika seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminar Kegeyli tumanidagi 14-sonli umumiy ta’lim maktabida tashkil etildi va «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida amalga oshirildi.
✅ Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri G.Kojabaeva, vazirlik mas’ullari hamda «A’lo maktab» loyihasining III guruhiga kiruvchi Nukus, Bo‘zatov, Kegeyli, Chimboy, Taxtako‘pir, To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlaridan maktab direktorlari ishtirok etdi.
➡️ Seminar doirasida:
➖ Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i hududda olib borilayotgan islohotlar, erishilgan yutuqlar va kelajakdagi rejalar haqida ma’lumot berdi;
➖ Kegeyli tumani 55-sonli maktab jamoasi «A’lo maktab-2025» loyihasi bo‘yicha I yarim yillik natijalari haqida ma’lumot berdi;
➖ Vazirlik mas’ullari tomonidan yangi baholash tizimi, uning ahamiyati va 2024-2025-o‘quv yili yakuni bo‘yicha ta’lim sifatiga oid tashqi onlayn monitoring natijalari taqdim etildi.
✅ Seminarlar 2025-yil 12-avgustgacha reja-grafik asosida boshqa belgilangan hududlarda ham davom etadi. Barcha maktab direktorlari bu jarayonda faol ishtirok etmoqda.
✔️ ️»A’lo maktab-2025″ – bu nafaqat ta’lim sifatini yaxshilash, balki har bir maktabni o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etadigan zamonaviy ta’lim maskaniga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli loyiha hisoblanadi.