✔️ Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’limning sifatini oshirish, maktablarda innovatsion yondashuvlarni joriy etish maqsadida amalga oshirilayotgan «A’lo maktab-2025» loyihasining I yarim yillik yakunlari bo‘yicha amaliy-uslubiy respublika seminari bo‘lib o‘tdi.

📝 Seminar Xo‘jayli tumanidagi 32-sonli umumiy ta’lim maktabida tashkil etildi va «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida amalga oshirildi.

◾️ Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri G.Kojabaeva, vazirlikning tegishli ma’sullari hamda «A’lo maktab» loyihasining IV guruhiga kiruvchi Nukus shahri, Sho‘manay, Kegeyli va Nukus tumanlaridan maktab direktorlari ishtirok etdi.

➡️ Seminar doirasida:

➖ Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i hududda olib borilayotgan islohotlar, erishilgan yutuqlar va kelajakdagi rejalar haqida ma’lumot berdi;

➖ Xo‘jayli tumani 32-sonli maktab jamoasi «A’lo maktab-2025» loyihasi bo‘yicha I yarim yillik natijalari haqida ma’lumot berdi;

➖ Vazirlik mas’ullari tomonidan yangi baholash tizimi, uning ahamiyati va 2024-2025-o‘quv yili yakuni bo‘yicha ta’lim sifatiga oid tashqi onlayn monitoring natijalari taqdim etildi.

📝 Seminarlar 2025-yil 12-avgustgacha reja-grafik asosida boshqa belgilangan hududlarda ham davom etadi. Barcha maktab direktorlari bu jarayonda faol ishtirok etmoqda.

«A’lo maktab-2025» – bu nafaqat ta’lim sifatini yaxshilash, balki har bir maktabni o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etadigan zamonaviy ta’lim maskaniga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli loyiha hisoblanadi.