Maktab direktorlarini lavozimga tayinlash Direktorlar Kengashi tomonidan o‘tkazilgan suhbat yakuni bo‘yicha tegishli tavsiyasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tayinlanishi belgilangan.
Maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifikatiga ega bo‘lishi hamda vakant direktorlik lavozimi uchun vazirlikning «manager.uzedu.uz» saytiga hujjatlarini topshirishi mumkin.
Direktorlar Kengashi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori vakant lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarning lavozim talablariga mosligi bo‘yicha o‘rganadi hamda lavozim talablariga mos keladigan nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi.
Direktorlikka nomzod bo‘lsangiz quyidagi vakant direktor lavozimiga hujjatingizni topshirishingiz mumkin.
Nukus shahri 1-, 4-, 14-, 43-sonli maktablar;
Amudaryo tumani 53, 58, 69-sonli maktablar;
Beruniy tumani 41, 56, – sonli maktablar;
Bo‘zatov tumani 1-, 5-, 12-sonli maktablar;
Qorao‘zak tumani 1-, 14-, 19-, 24-, 26-, 29-, 30-sonli maktablar;
Qonliko‘l tumani 20, 23, – sonli maktablar;
Kegeyli tumani 25-, 37-, -sonli maktablar;
Qo‘ng‘irot tumani 13-, 56-, – sonli maktablar;
Mo‘ynoq tumani 3-, 6-, 14-, 18-sonli maktablar;
Nukus tumani 6-, 8-, 9-, 18-sonli maktablar;
Taxiatosh tumani 5-, 13-, 14-, 19-sonli maktablar;
Taxtako‘pir tumani 23-sonli maktab;
To‘rtko‘l tumani 5, 14, 45, 47, 52-sonli maktablar;
Xo‘jayli tumani 3, 9, 24, 34, 37, 38-sonli maktablar;
Chimboy tumani 20, 23, – sonli maktablar;
Shumanay tumani 3-, 4-, 6-, 29-sonli maktablar;
Ellikqal’a tumani 28-, 35-, 49-, 64-, 73-sonli maktablar;