📢 «Kasbiy rivojlanish kuni», «Kasbiy rivojlanish soati» ham «Metodik mahorat kuni», «Metodik mahorat soati» tadbirlari boshlandi.

✅ Tadbirni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri G.Kojabaeva ochib berdi.

📌 «KRK» va «KRS» tadbirlari doirasida 11 fan (fanlar yo‘nalishi) bo‘yicha mentor-trenerlar uchun seminar-trening boshlandi.
Bunga barcha tuman (shahar) larda joylashgan tayanch maktablariga biriktirilgan 271 nafar mentor-trenerning ishtiroki ta’minlangan.

📌 Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida «Metodik mahorat kuni» va «Tibbiy mahorat soati» tadbirlari bo‘yicha mentor-trenerlar uchun seminar-trening boshlandi. Unga barcha tuman (shahar) larda joylashgan tayanch maktablariga biriktirilgan 25 nafar mentor-trener qatnashib, malaka oshirishlari yo‘lga qo‘yildi.

«Kasbiy rivojlanish kuni» va «Kasbiy rivojlanish soati» tadbirlari doirasida mentor-trenerlar uchun o‘tkazilayotgan trening quyidagi mavzularda davom etmoqda:

➖ o‘qish natijalarini yaxshilashga qaratilgan samarali baholash.
➖ qayta fikr berish madaniyati;
➖ loyihaga asoslangan ta’limni tashkil etish texnologiyalari;
➖shaxsiy va kasbiy rivojlanish maqsad va natijalari;
➖ o‘quvchilar farovonligi dasturi.  Bola xavfsizligi tushunchasi va me’yorlari bilan tanishtirish.

✔️ Treninglar 19-sentyabrgacha davom etadi.