Taqiyatosh tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan «Dochki-Sinochki» nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida «Tarbiyachilarning ish hujjatlari va bolalarning sog‘lom ovqatlanishi» doirasida seminar tashkil etildi. Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mutaxassislari, Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi shifokorlari, davlat-xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyachilari, oshpazlari va autsorsing asosida mahsulot yetkazib beruvchi ta’minotchi tadbirkorlar ishtirok etdi. Ushbu seminarni o‘tkazishdan maqsad, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish va ta’lim-tarbiya jarayonlarini to‘g‘ri olib borish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish davrida, tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi, ularning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, ish rejimini tashkil etish, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oshxonalarida faoliyat yuritayotgan oshpazlar uchun sog‘lom ovqatlanishni tashkil etishda taomlar tayyorlash texnologiyasi qoidalariga rioya qilish asosiy masalalarimizdan biridir!