Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining katta yordamchisi B.Agitaev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining o‘rinbosari K.Ismailovlar rahbarligida hamda tuman-shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshlig‘i, bosh mutaxassislari ishtirokida joriy yilning 8 oyida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda, joriy yilning 8 oyida voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar, o‘z joniga qasd qilish, ta’lim sohasida voyaga yetmaganlar tarbiyasida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.
Shuningdek, tuman-shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirlarining fikrlari tinglanib, voyaga yetmaganlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan topshiriqlar berildi.