Bugungi kunda zamonaviy yondashuvlar asosida yosh avlodning ongini rivojlantirish, ularni intellektual jihatdan yetuk, Vatanga sadoqatli, milliy qadriyat va tariximizga hurmat ruhida tarbiyalash – ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Nukus shahri «Bolalar kelajagi», «Moya solnishko,» Amudaryo tumani «Xusniya kids», To‘rtko‘l tumani «Asaloy-Sevinchay» davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan bolalar uchun qiziqarli va ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega tadbirlar o‘tkazilmoqda.
«Kelajak soati» darslari asosida tarbiyachilar tomonidan bolalar bilan davra suhbatlari, interfaol mashg‘ulotlar va bilimni kengaytiruvchi o‘yinlar tashkil etildi. Unda kichkintoylar Vatan, mehr, tabiat, ota-ona va do‘stlik kabi muqaddas qadriyatlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.