Beruniy tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifati va mazmuni, pedagoglar salohiyati, o‘quv yili yakuni bo‘yicha maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi hamda iqtidorli o‘quvchilarning asosiy fan olimpiadalardagi natijalari va IT sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Beruniy tumani hokimligining 2025-yil 28-oktyabrdagi “Beruniy tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifati va mazmunini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 35-sonli, 2-sonli qo‘shma qarori qabul qilindi.

Beruniy tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifati va mazmuni, pedagoglar salohiyati, o‘quv yili yakuni bo‘yicha maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi hamda iqtidorli o‘quvchilarning asosiy fan olimpiadalardagi natijalari va IT sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Beruniy tumani hokimligining 2025-yil 28-oktyabrdagi “Beruniy tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifati va mazmunini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 35-sonli, 2-sonli qo‘shma qarori qabul qilindi. Mazkur qaror ijrosi yuzasidan Beruniy tumani hokimi  I.Xidirov hamda QR Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri G.Kojabaeva ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Ushbu qaror bilan:

Beruniy tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifati hamda mazmunini yanada oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va samarali bajarilishini nazorat qilib borish, ta’lim sohasidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlarga asoslanib, Beruniy tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifati va mazmunini yanada oshirish bo‘yicha barcha imkoniyatlarni safarbar qilish, har chorak yakuni bo‘yicha Beruniy tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktab rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazish va har bir bandning ijrosini muhokama qilish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga asoslangan tahliliy ma’lumotlar kiritib borish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Shu bilan birga, Beruniy tumani umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifati va mazmunini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi; Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining samaradorlik ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Shuningdek, keyingi 3 yilga 11-sinf bitiruvchilarining OTMga qamrab olish rejasini 29 foizga; Pedagoglar salohiyati bo‘yicha oliy toifani 14,1 foizga, birinchi toifani 24,6 foizga, ikkinchi toifani 43,6 foizga oshirishga;

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarning fanlardan olgan xalqaro va milliy sertifikatlari ulushini 20 foizga;

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarning fanlardan olgan xalqaro va milliy sertifikatlari ulushini 10 foizga;

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining fan olimpiadalaridagi sovrinli Asosiy fan olimpiadasi (QR 3-bosqichi) 1-, 2-,3-o‘rinlar sonini 14 nafarga, Asosiy fan olimpiadasi (Respublika 4 bosqichi) Sovrinli o‘rinlar yoki ishtirokchilar sonini 4 nafarga, Xalqaro fan olimpiadasi Sovrinli o‘rinlar yoki ishtirokchilar sonini 3 nafarga;

Beruniy tumanining “A’lo maktab” loyihasida ta’lim sifati yo‘nalishlari yuzasidan natijalarini oshirish bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 5-o‘ringa ko‘tarish rejalashtirilgan. Mazkur qo’shma qarorga asos belgilangan amaliy ishlar bo’yicha muhim topshiriqlar berildi.