️ Bugun Nukus shahri 48-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida «Turon kichkintoylari» bolalar teatr jamoalari, «Ekologik burchaklar» va «Ekologik so‘qmoqlar»ni tashkil etish bo‘yicha Respublika miqyosidagi seminar tashkil etildi.

Seminarga vazirlikning mas’ul xodimi va barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarining metodistlari qatnashdi.

Tadbir davomida barcha shahar va tumanlarda bittadan «Turon kichkintoylari» teatr jamoalari tashkil etilgani ta’kidlanib, iqtidorli bolalarni jalb etgan holda teatrlarning sonini ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, teatr jamoalarini jihozlashda qo‘l mehnatidan foydalanib ertak qahramonlarini yaratish yo‘llari ko‘rsatib o‘tildi.

Seminarda yana O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining:

2025-yil 29-sentyabrdagi 364-sonli buyrug‘i – «Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida «Ekologik burchaklar» va «Ekologik so‘qmoqlar»ni tashkil etish to‘g‘risida»gi mazmuni bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Unga ko‘ra, guruh xonalarida tarbiyalanuvchilar ijodi asosida yaratilgan asarlar o‘rin olgan «Ekologik burchaklar,» tashkilot hududida esa Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklar va hayvonlar haqida dastlabki bilimlarni berishga xizmat qiladigan «Ekologik so‘qmoqlar»ni tashkil etish muhimligi alohida ta’kidlandi.