Maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifikatiga ega bo‘lishi hamda vakant direktorlik lavozimi uchun vazirlikning «manager.uzedu.uz» saytiga hujjatlarini topshirishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Direktorlar Kengashi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori vakant lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarning lavozim talablariga mos kelishini o‘rganadi hamda lavozim talablariga mos keladigan nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi.

Maktab direktorlarini lavozimga tayinlash Direktorlar Kengashi tomonidan o‘tkazilgan suhbatning yakuni bo‘yicha tegishli taklifiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tayinlanadi.

Direktorlikka nomzod bo‘lsangiz quyidagi vakant direktor lavozimiga 2025-yil 22-dekabr sanasidan 26-dekabr sanasigacha hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin.
Nukus shahri 1-, 10-, 19-, 20-sonli maktablar;
Amudaryo tumani 43, 58-sonli maktablar;
Beruniy tumani 26, 41, 49, 56, 57-sonli maktablar;
Bo‘zatov tumani 1-, 5-, 12-sonli maktablar;
Qorao‘zak tumani 1-, 6-, 14-, 19-, 24-, 26-, 29-, 30-, 32-sonli maktablar;
Qonliko‘l tumani 20-, – sonli maktab;
Qo‘ng‘irot tumani 2-, 13-, 17-, 20-, 51-, 56-, -sonli maktablar;
Mo‘ynoq tumani 1-, 3-, 6-, 14-, 18-sonli maktablar;
Nukus tumani 2-, 27-sonli maktablar;
Taxiatosh tumani 13-, 14-, 19-sonli maktablar;
Taxtako‘pir tumani 4-, 23-sonli maktab;
To‘rtko‘l tumani 12, 45, 47, 52, 77-sonli maktablar;
Xo‘jayli tumani 8-, 9-, 15-, 16-, 18-, 24-, 31-, 33-, 34-, 37-, 38-sonli maktablar;
Chimboy tumani 2-, 3-, 20-, 42-, 46-, 48-, 50-sonli maktablar;
Shumanay tumani 4-, 26-, 29-sonli maktablar;
Ellikqal’a tumani 55, 64, 73-sonli maktablar;