Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 31-oktabrdagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi psixoemotsional holatdagi muammolar va ularni oldini olish, shuningdek tarbiyalanuvchilar shaxsiyatini shakllantirish” mavzusidagi maxsus buyrugʻi asosida 2025-yilning 27–28-noyabr kunlari Toshkent shahrida oʻquv-seminar tashkil etildi.

Mazkur oʻquv-seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasidan bir guruh psixologlar ishtirok etib, oʻz bilim va tajribalarini oshirdilar.

Seminar davomida berilgan topshiriqlar, ishtirokchilar tomonidan egallangan bilim va koʻnikmalar hamda yangiliklarni maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi pedagog va psixologlarga yetkazish maqsadida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan Pedagogik mahorat markazida respublikadagi barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlari psixologlari uchun oʻquv-seminar tashkil etildi.

Oʻquv-seminar jarayonida ishtirokchilar 7 ta guruhga boʻlingan holda amaliy treninglar oʻtkazib, psixoemotsional holat bilan bogʻliq muammolarni aniqlash va ularni oldini olishga doir bilim hamda tajribalarini mustahkamladilar.