Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglament asosida amalga oshiriladi.
1-qadam. Ariza topshirish
Ota-ona yoki qonuniy vakil murojaat qiladi:
Davlat xizmatlari markaziga shaxsan yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn;
Shuningdek, bola tug‘ilganda FHDYO orqali tug‘ilganlik guvohnomasini olishda bir vaqtning o‘zida navbatga qo‘yish ham mumkin.
2-qadam. Bog‘chalarni tanlash
Navbatga qo‘yishda:
bir vaqtning o‘zida 3 ta maktabgacha ta’lim tashkilotini tanlashi mumkin.
Bu sizga o‘rin chiqish ehtimolini oshiradi.
3-qadam. Navbat turi belgilanadi
Bola navbatga ikki xil tartibda qo‘yiladi:
Oddiy navbat;
Imtiyozli navbat (agar hujjatlar asosida imtiyoz bo‘lsa).
Imtiyozli toifa avtomatik tarzda tizimda aks etadi.
4-qadam. Navbatni onlayn kuzatish
Navbat holatini doimiy ravishda tekshirib borish mumkin:
https://navbat.uzedu.uz
Bu yerda:
• navbat raqami;
• qaysi bog‘chada navbatda turgani;
• harakatlar holati ko‘rinadi.
5-qadam. Bo‘sh o‘rin bo‘lsa – yo‘llanma beriladi.
DXSHlarda bo‘sh o‘rinlar elektron tarzda hisobga olinadi.
Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimi (MTBT) orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Shundan:
• davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
• nodavlat xususiy sheriklik asosidagi nodavlat tashkilotlar;
• ijtimoiy kvotalar bo‘yicha yo‘llanmalarning barchasi elektron tarzda amalga oshiriladi
Bu tizim nima uchun kerak?
• tizim inson omilini kamaytirish;
• Navbatda adolatni ta’minlash;
• Ota-onalar uchun jarayonni ochiq qilishga xizmat qiladi.





















