Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Hindiston davlatidan kelgan tajribali pedagog Shayx Salmon Ali ishtirokida ta’lim sifatini oshirish va xalqaro tajribani ommalashtirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.

Unda tuman hokimi o‘rinbosari, tuman maktablari direktorlari, ingliz tili o‘qituvchilari hamda tegishli muassasa va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Seminar davomida xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda ta’lim jarayonini tashkil etish, ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy metodlarni qo‘llash, o‘quvchilarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarga xalqaro tajribaga asoslangan amaliy tavsiyalar berildi.

Xorijiy mutaxassislarni umumiy o‘rta ta’lim maktablariga jalb qilishdan asosiy maqsad – o‘quvchilarning nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, ingliz tilida tabiiy muhit yaratish va yoshlarimizning jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat