Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining kkbilimlendiriw.uz platformasi orqali 2 bosqichli onlayn-intellektual o‘yini o‘tkazilmoqda.

✅ O‘yin ikki bosqichda bo‘lib o‘tmoqda.

1-bosqich: 2026-yil 23-yanvardan 3-fevralgacha (savollar o‘zbek tilida)
2-bosqich: 2026-yilning 23-fevralidan 3-martigacha (savollar qoraqalpoq tilida)

🟢 Ishtirokchilar: umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-9-sinf o‘quvchilari

✔️ O‘tkazish tartibi: o‘yin 15 turdan iborat, har bir turda 15 ta savol bo‘lib 1-savoldan 5-savolgacha oson, 6-savoldan 10-savolgacha o‘rta va 11-savoldan 15-savolgacha qiyin darajadagi savollardan iborat. (Savollar maktab darsligi va fan olimpiada materiallaridan olingan.)

O‘yin davomida quyidagi yordamchi imkoniyatlardan foydalanish mumkin:

– Xavfsiz bosqichlar: 5-bosqich (5 000 ball) va 10-bosqich (100 000 ball).
– Vaqtni muzlatish va Tomoshabinlar yordami
– 50:50 ya’ni 4 ta savoldan 2 ta noto‘g‘ri javobni olib tashlash.
– Savolni almashtirish
– Vaqtni muzlatish va Internetdan qidirish.
– Keyingi savoldagi ballni 2 marta oshirish (x2);
– Vaqtni muzlatish
– Bonus tariqasida to‘g‘ri javobni ko‘rsatish.

❗️Eslatma: O‘yinda noutbuk yoki kompyuter orqali ishtirok etish kerakligini ma’lum qilamiz.

G‘olib bo‘lgan 5 o‘quvchi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan:
-diplom;
– homiylar tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
– mukofotli o‘rinlarni olgan o‘quvchilarning maktablariga «A’lo maktab-2026» loyihasi bo‘yicha tegishli ball beriladi.

❗️Onlayn-intellektual o‘yinini o‘ynash uchun havola: https://kkbilimlendiriw.uz