Bugun Nukus shahri 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida «Halollik darslari,» «GRACE» ta’lim dasturi doirasida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida To‘xtashova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Alisher Atajanov hamda ta’lim sohasi vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida To‘xtashova maktab o‘quvchilari bilan uchrashib, ular bilan «Halollik darslari» hamda GRACE ta’lim dasturi bo‘yicha yaqindan suhbatlashdi.
Shuningdek, Nukus shahri umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorlari bilan uchrashib, ular bilan davra suhbati atrofida fikr almashildi.
Unda asosan
– «Halollik qadriyatlari,» «To‘g‘rilik,» «Mehnatsevarlik,» «Tinch turmush asosi» mavzularida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilganligi.
– «O‘quvchi yoshlar – halollik tarafdori» mavzusida o‘tkazilgan uchrashuv va suhbatlar.
– «Halollik» to‘garaklarining tashkil etilganligi, to‘garak rahbari kim ekanligi.
– To‘garak faoliyati doirasida metodik qo‘llanmalar va o‘quv materiallaridan foydalanilayotganligi yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.
Tadbir davomida mehmon maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Shu bilan birga Umida To‘xtashova Nukus shahrida joylashgan 48-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi.
U yerda tashkilot tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi. Tarbiyalanuvchilar o‘rtasida «Vatanparvarlik,» «to‘g‘rilik,» «halollik,» «haqqoniylik,» «mehnatsevarlik» mavzulariga oid ota-ona va farzandlari bilan hamkorlikda rasmlar tanlovi o‘tkazilgan. Bunda asosiy maqsad bolalar uchun yomon illat sanalgan korrupsiyani bolalikdan boshlab yoshiga mos tarzda tushuntirib borishdir.
Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar tomonidan «To‘g‘rilik» mavzusida sahna ko‘rinishi tashkil etildi.

















