QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI KELAJAK MARKAZI
PRESS-RELIZ
Qoraqalpoģiston Respublikasi 2025-yil 5-fevral
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentyabrdagi PQ–277-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Kelajak” markazlari tashkil etildi va o‘z faoliyatini boshladi.
Bugungi kunda Respublika bo’yicha jami 18 ta «Kelajak» markazi mavjud bo’lib, ulardan 1 tasi Respublika darajasida va 17 tasi tuman (shahar) darajasida faoliyat yuritmoqda. Markazlarimizga 6 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan o’quvchilar qabul qilinadi. Hozirgi kunda Respublika bo’ylab jami 750 tógarakka 20296 nafar o’quvchi qamrab olingan. Shundan Respublika «Kelajak» markazida 33 dógerekke 812 nafar o’quvchi qamrab olingan. Respublika bo’ylab umumta’lim maktablarida 517 ta tarmoq tógaraklarida 14164 nafar o’quvchi, mahallalarda 21 ta tarmoq tógaraklari tashkil etilib, ularda 587 nafar o’quvchi qamrab olingan.
Mazkur markazning asosiy vazifalari
- maktabga tayyorlov guruhlarida bolalarda bilim olish, kommunikativ va ijod kompetensiyalarni shakillantirish;
- óquvchilarni Prezident, ijod va iqtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlariga tayyorlash;
- iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qo’llab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoyitlar yaratish, ulģayib kelayotgan yosh avlodning STEAM (Science-tabiiy fanlar, Technology- texnologiyalar, Engineering- muhandislik, Art- san’at, Mathematics- matematika) fanlari hamda ilm-fanga bo’lgan intilishlarni rag’batlantirish, intellektual va b;jlbq salohiyatini ruyobga shiqarish;
- O’quvchilarni suniy intellect va robototexnika yonalishkariga jalb etish orqali ularning yaratuvchilik ko’nlikmalarini yanada shakillantirish hamda robototexnika, mobilografiya,dasturlash,ilgari surish va reklama qilish(SMM), modellashtirish kabi to’garaklarni tashkil etish;
- O’quvchilarning xorijiy tillarni urganishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish va xorijiy tillarni o’qitishning zamonaviy uslublari asjsida to’garaklar faoliyatini yo’lga qo’yish;
- O’quvchilarda ekologik bilimlarni oshirish, ekologiya oid loyihalarni amalga oshirish;
- O’quvchilarning ijodiy va badiiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ular o’rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish;
- O’quvchilar o’rtasida sog’lom turmish tarizini targ’ib qilish, ularni sportning olimpiada va ommoviy turlariga qiziqishni oshirish hamda maktab sport klublari faoliyatini rivojlantirish, sport sektsiyalariga amaliy yordam ko’rsatish;
- O’quvchilarda hunar egallash bo’yicha daslabgi bilim va ko’nlikmalarni shakillantirish;
- O’quvchilar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha maktab maslahatchisilarining kasbiy malakasini oshirish ishlarini tashkil etish,ularga metodik va uslubiy yordam ko’rsatish, innovatsion tarbiya va ta’lim tajiriybalarini amaliyotga joriy etishda maktablarga ko’mak berishdan iborat.
Kelajak markazlarida mashg‘ulotlar zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida, malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi hamda yoshlarning qiziqishi va individual imkoniyatlari inobatga olinadi.
“Kelajak markazi” faoliyati yosh avlodni zamon talablariga mos bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va kelgusida raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.
















