Maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifikatiga ega bo‘lishi hamda vakant direktorlik lavozimi uchun vazirlikning «manager.uzedu.uz» saytiga hujjatlarini topshirishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Direktorlar Kengashi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori vakant lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarning lavozim talablariga mosligini o‘rganadi hamda lavozim talablariga mos keladigan nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi.

Maktab direktorlarini lavozimga tayinlash Direktorlar Kengashi tomonidan o‘tkazilgan suhbat yakuni bo‘yicha tegishli tavsiyasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tayinlanadi.

Direktorlikka nomzod bo‘lsangiz quyidagi vakant direktor lavozimiga
2026-yil 17-fevral sanasidan 21-fevral sanasigacha hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin.

Nukus shahri 1-, 10-, 12-, 19-, 20-, 44-, -sonli maktablar;
Amudaryo tumani 58-sonli maktablar;
Beruniy tumani 19-, 29-, 55-, 56-sonli maktablar;
Bo‘zatov tumani 1-, 5-, 12-sonli maktablar;
Qorao‘zak tumani 1-, 6-, 14-, 19-, 24-, 26-, 29-, 30-, 32-sonli maktablar;
Qonliko‘l tumani 20-, – sonli maktab;
Qo‘ng‘irot tumani 1-, 2-, 13-, 17-, 20-, 50-, 51-, 56-sonli maktablar;
Mo‘ynoq tumani 3-, 6-, 14-, 18-sonli maktablar;
Nukus tumani 2-, 16-, 27-sonli maktablar;
Taxiatosh tumani 14-, 19-sonli maktablar;
Taxtako‘pir tumani 4-, 23-sonli maktab;
To‘rtko‘l tumani 12-, 45-, 47-, 52-, 74-, 77-sonli maktablar;
Xo‘jayli tumani 8-, 9-, 15-, 16-, 18-, 24-, 31-, 33-, 34-, 37-, 38-sonli maktablar;
Chimboy tumani 2-, 3-, 20-, 34-, 48-, 50-sonli maktablar;
Shumanay tumani 4-, 26-, 29-sonli maktablar;
Ellikqal’a tumani 2-, 5-, 62-, 73-, -sonli maktablar;