Bugun Xo‘jayli tumanida Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan inklyuziv sinf o‘qituvchilari va maxsus pedagoglar uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Q.Ismailov ochib berib, inklyuziv ta’limni yanada rivojlantirish, sifatli ta’lim muhitini yaratish va alohida ehtiyojli bolalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘z fikr-takliflarini bildirdi.

Seminar davomida 4-, 10-, 18- va 23-maktablarning maxsus pedagoglari tomonidan amaliy trening darslari o‘tkazildi. Unda zamonaviy metodlar, individual yondashuv va tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar inklyuziv ta’limni takomillashtirish bo‘yicha fikr-takliflarini bildirdi. Kelgusida bunday o‘quv seminarlarini muntazam ravishda tashkil etish rejalashtirilmoqda.