Mazkur tanlovning asosiy maqsadi – yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish hamda o‘quvchilarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.

Tanlov ishtirokchilari 4 ta shart asosida bellashadi.

1-shart Bu bizning hudud;
2-shart Intellektual ring;
3-shart Ekologiya uchun barchamiz mas’ulmiz!
4-shart Eng yaxshi ekologik loyiha.

Hududiy bosqichda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!