O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi «Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 19-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimida o‘yinga asoslangan zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish maqsadida «Bola, o‘yin va pedagog» loyihasi izchil amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyiha doirasida bugun Nukus shahridagi 53-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida «O‘yinga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya» bo‘yicha tajriba almashildi
Seminarda maktabgacha ta’lim jarayoniga o‘yinga asoslangan metodikalarni samarali joriy etish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish hamda bolalarning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi chuba boshlig‘i Jamila Djamilova, Yunusobod tumani 53-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidan Ruxsora Ibragimova, Sevara Ibragimova, Hilola Subxanova, Mirobod tumani 482-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidan Mashxura Nematjonova, Dilnavoz Mirzoyeva, Durdona Sadirova hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining soha vakillari ishtirok etdi. Tajriyba almashish davomida o‘yin orqali ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar taqdim etildi. Tadbir ishtirokchilari o‘zaro tajriba almashib, kelgusida bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirdi. Ushbu tadbir maktabgacha ta’lim tizimida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berishga xizmat qiladigan muhim amaliy maydon bo‘ldi. Tadbir davom etadi.

















