Xalqaro ingliz tili (ELO) olimpiadasiga saralashning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi yakunida quyidagi o‘quvchilar g‘olib deb topildi.

Junior yosh toifasidagi guruhlar orasida:
1-o‘rin Qo‘ng‘irot tumani 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi;
2-o‘rin Nukus tumani 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi;
3-o‘rinni Ellikqal’a tumani 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari qo‘lga kiritdi.

Katta yosh toifasidagi guruhlar orasida:
1-o‘rin Nukus shahri Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi;
2-o‘rin Nukus shahridagi Prezident maktabi;
3-o‘rinni Chimboy tumani ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari egalladi.

Tanlovning o‘tkazilish tartibiga muvofiq ushbu 1-o‘rinni egallagan junior va Senior yosh toifasidagi guruhlarga 2026 yilning mart oyida o‘tkaziladigan Respublika bosqichiga yo‘llanma berildi.