Xo‘jayli va Qo‘ng‘irot tumanlaridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor o‘rinbosarlari ishtirokida navbatdagi o‘quv seminari tashkil etilmoqda. Tadbir davomida: – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026 yil 16 fevral kuni ZooM platformasi orqali berilgan topshiriqlari ijrosi; – sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar; – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026 yil 5 fevralda qabul qilingan «Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-19-sonli Farmonning mazmun-mohiyati; – shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 29-avgustdagi 323-sonli buyrug‘i talablari keng va har tomonlama tushuntirilmoqda. Seminarning asosiy maqsadi – maktabgacha ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini chuqur tushunish, berilgan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish va rahbar xodimlarning boshqaruv salohiyatini yanada oshirishdan iborat.

















