Ellikqal’a, Beruniy, To‘rtko‘l tumanlarida barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi 19-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025 yil 29 avgustdagi 323-sonli buyrug‘ining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, tadbir davomida:
– pedagoglarning ish hujjatlarini to‘g‘ri yuritish;
– Maktabgacha ta’limda ekologik tarbiyani kuchaytirish;
– «Turon» bolalar teatrlarini tashkil etish masalalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar ishtirokchilari uchun mavzular bo‘yicha tushunchalar berilib, o‘zaro tajriba almashildi.

















