Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda Nukus shahri 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida favqulodda vaziyatlar yuz berganda fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Belgilangan reja asosida tashkil etilgan tadbirda bino ichidagi xodimlarni va o‘quvchilarni xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda xavfsiz hududga shartli evakuatsiya qilish ishlari olib borildi.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda binodan xavfsiz chiqib ketish, jarohatlangan bemorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda yong‘in xavfsizligiga qat’iy amal qilish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan xodimlarga muhim tavsiyalar berildi.

















