Umumta’lim maktablarida chet tillari qatorida nemis tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar uchun Germaniyaning Gyote-Instituti tomonidan til o‘rganish uchun zarur bo‘lgan o‘quv qurollari – kitoblar va audiomateriallar olib kelindi.

Bu o‘quv materiallari o‘quvchilarning chet tillariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning til o‘rganish jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Keltirilgan kitoblar A1 darajadan B2 darajagacha bo‘lgan bosqichlarda nemis tilini o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quvchilarning bosqichma-bosqich bilimini mustahkamlashga yordam beradi.

Bunday grant loyihalari ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitish sifatini oshirish va o‘quvchilarga zamonaviy o‘quv resurslarini yetkazib berishda muhim ahamiyatga ega.