Beruniy tumanida joylashgan My dream school xususiy umumiy o‘rta ta’lim maktabida 21 mart – xalqaro Navro‘z bayrami munosabati bilan «Navro‘z marafoni-2026» sport tadbiri yuqori saviyada o‘tkazildi.
Tadbir doirasida 7-14 yosh hamda 15-30 yosh toifasidagi yoshlar o‘rtasida yugurish marafoni tashkil etildi.
️Marafonning asosiy maqsadi:
– yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish;
– iste’dodli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va kelajak chempionlarini kashf etishdan iborat.
Musobaqa yakunida g‘oliblar maktab tomonidan tayyorlangan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
















