Bugungi kunda Toshkent shahri, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida o‘tkazilayotgan Asosiy fanlar olimpiadasi qizg‘in va musobaqalarga boy tarzda davom etmoqda.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tuman (shahar) laridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan tanlab olingan 48 iqtidorli o‘quvchi 16 fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazmoqda.

Ushbu videorolik orqali bu bilimli o‘quvchilarimiz bilan yaqindan tanishishingiz mumkin!

Ma’lumot uchun: Olimpiada shu yilning 24-mart sanasidan boshlanib, 29-martgacha davom etadi.