Bugun Qoraqalpoq davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma qaroriga asosan «InfoTeach-2026» forumi o‘tkazildi. Bu forum Respublika hududlaridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yo‘nalishida tashkil etilgan. Forumda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Aybek Dauletbaev, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi Raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish va malakalarni baholash bo‘limining bosh mutaxassisi, motivator, moderator Barno Tursinaliyeva va tajribali spikerlar, shuningdek, barcha tuman (shahar) lardan informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari faol ishtirok etdi. Tadbir doirasida: – zamonaviy IT yechimlar; – sun’iy intellekt imkoniyatlari; – raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan amaliy treninglar tashkil etildi; – tadbirda ishtirok etgan o‘qituvchilarimiz maxsus sertifikat va vaucherlar bilan taqdirlandi. «InfoTeach-2026» – o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, ta’lim tizimiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish va raqamli kelajak sari muhim qadam hisoblanadi.

















