Tashrif doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul vakillar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida:
– o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonlari;
– turli tanlov va innovatsion loyihalar;
– ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligi bo‘yicha atroflicha tahlillar o‘tkazilib, amaliy takliflar ilgari surildi.
Tadbir yakunida sohani yanada rivojlantirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan aniq vazifalar va topshiriqlar belgilab berildi.

















