Bo‘zatov tumanida Jinoyat ishlari bo‘yicha Chimboy tuman sudining taqdimnomasini muhokama qilish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat bo‘limi bosh mutaxassisi Shahzada Babanazarova, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda tumandagi barcha maktabgacha va maktab direktorlari ishtirok etdi.
Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i v.b. G.Bekbosinova so‘zga chiqib, u o‘z nutqida korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga qarshi qaratilgan harakat sifatida har qanday jamiyat va davlatda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarishga sabab bo‘ladigan omil sifatida baholanadi. Prezidentimiz rahnamoligida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tizimli amaliy ishlar olib borilib, tegishli choralar ko‘rilayotganini ta’kidladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Babanazarova so‘zga chiqib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Chimboy tuman sudi 2025 yil 22 oktyabr kungi hukmi bilan sudlanganlar va jinoyat ishi bo‘yicha chiqarilgan alohida ajrimni, jinoyat ishining dastlabki tergovi jarayonida aniqlangan xato-kamchiliklar haqida gapirib berdi.
Yig‘ilishda keltirilgan xato va kamchiliklarni chuqur tahlil qilgan holda, kelgusida ta’lim sohasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlarni yanada samarali tashkil etish, sohadagi rahbarlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

















