📌 An’anaviy «Ijodkor o‘qituvchilar olimpiadasi»ga ONLAYN ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablari, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga qarashli ixtisoslashtirilgan maktablar, Prezident maktabi, I.Yusupov nomidagi ijod maktab-internatining ilg‘or tajribaga ega fan o‘qituvchilari va pedagoglari orasida «VI ijodkor o‘qituvchilar olimpiadasi»ga start berilmoqda.

➡️ Bunda olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi 2026-yilning 28-aprel kuni tuman (shahar) larda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi 2026-yilning 12-may kuni Nukus shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

➡️ «VI ijodkor o‘qituvchilar olimpiadasi»ga 5 kishidan iborat 1 jamoa bo‘lib qatnashadi. Jamoa tarkibiga o‘z ixtiyori bilan fan o‘qituvchilari kiritilishi mumkin.

➡️ Agarda onlayn ro‘yxatdan o‘tgan jamoalar soni oshib ketgan holatda olimpiadaning saralash bosqichini 2026-yilning 22-aprel kuni o‘tkazishga ruxsat etiladi. Bunda tanlov bosqichini o‘tkazish tartibini tuman (shahar) tashkiliy qo‘mitasi belgilaydi.

➡️ Jamoalar uchun www.kkbilimlendiriw.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2026-yilning 15-aprel kuni to‘xtatiladi;

Ma’lumot uchun:
✅ Jamoa tarkibida bir fandan 2 o‘qituvchi qatnashishiga ruxsat etilmaydi;
✅ Olimpiadada qatnashish majburiy emas.

👉 Olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi o‘tkazish shartlari:

➡️ 1-tur: har bir ishtirokchiga qoraqalpoq yoki o‘zbek tilida tayyorlangan 30 test savollari (15 savoli mutaxassisligi bo‘yicha, 10 savoli pedagogika-psixologiya va 5 savoli ta’lim sohasida yangidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar) beriladi va har bir test 1 balldan maksimal 30 ball bilan baholanadi;
✅ Test savollari elektron dastur asosida kompyuterlarda olinadi;

✅ Har bir savolga 2 daqiqadan jami 60 daqiqa vaqt ajratiladi;
✅ Bunda har bir jamoa a’zosining bali qo‘shiladi va 5 ga bo‘linadi, kelib chiqqan o‘rtacha ball jamoaning umumiy bali hisoblanadi.

✅ Birinchi tur yakuni bo‘yicha o‘rtacha ball hisobidan eng past ball to‘plagan 30% (foiz) jamoa 2-turga o‘tkazilmaydi.

➡️ 2-tur: ishtirokchilar o‘z xohishi bilan qoraqalpoq yoki o‘zbek tilida tayyorlangan 60 so‘zdan iborat diktant yozadi.

✅ Diktantga har bir jamoa a’zosi qatnashadi, diktant ishini baholash mezonlari asosida maksimal 20 ball bilan baholanadi, 30 daqiqa vaqt ajratiladi.

✅ Bunda har bir jamoa a’zosining bali qo‘shiladi va 5 ga bo‘linadi, kelib chiqqan o‘rtacha ball jamoaning umumiy bali hisoblanadi.

➡️ Olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida g‘oliblarni aniqlashda 1-tur natijasi hisobga olinmaydi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun 97 349-83-83 telefoni (Usenova Zaxida) orqali qo‘ng‘iroq qilsangiz bo‘ladi.