2026-yilning 13-14-aprel kunlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-11-sinf o‘quvchilari orasida «Robo-Koding» olimpiadasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.
✅ Bunda 13 aprel kuni 5-8-sinf o‘quvchilari, 14 aprel kuni 9-11-sinf o‘quvchilari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Olimpiada yakunida 5-8-sinf o‘quvchilari orasida:
1-o‘rin Xo‘jayli tumani 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi;
2-o‘rin Kegeyli tumani 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi;
3-o‘rinni Nukus shahri 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi egalladi.
9-11-sinf o‘quvchilari orasida:
1-o‘rin Kegeyli tumani 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi;
2-o‘rin Nukus shahri 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi;
3-o‘rinni Xo‘jayli tumani 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi egalladi.
✅ 1-o‘rinni egallagan jamoalarga 2026 yilning may oyida o‘tkaziladigan final bosqichiga yo‘llanma berildi.

















