Nukus shahri 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatining bitiruvchi sinf o‘quvchilari yana bir bor bilim darajasini amalda ko‘rsatdi. Quvonarlisi, ular orasidan 9 nafar o‘quvchi umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha zarur sertifikatlarni qo‘lga kiritib, 189 ball bilan davlat imtihoniga kirmasdan talabalik baxtiga erishdi! Bundan tashqari: – 2 nafar o‘quvchi Toshkent shahridagi Moskva muhandislik fizikasi instituti Milliy tadqiqot yadro universiteti filiali tomonidan o‘tkazilgan olimpiadada g‘olib bo‘lib, grant asosida talabalikka qabul qilindi. – 1 nafar o‘quvchi xalqaro tanlovda muvaffaqiyatli qatnashib, Sankt-Peterburg davlat universitetining «Menejment va davlat va munitsipal boshqaruv» fakultetining grant asosida talabalikka qabul qilindi. – 1 nafar o‘quvchi Italiyaning Vareze shahrida bo‘lib o‘tgan akademik eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogida (PR3 Mix4+ toifasi) yuqori natija ko‘rsatib, sport ustasi sertifikatini qo‘lga kiritdi va muddatidan oldin jismoniy tarbiya yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtiga grant asosida qabul qilindi. Jami: 13 o‘quvchi muddatidan oldin talaba bo‘ldi! Barcha talabalikka qabul qilingan o‘quvchilarni samimiy tabriklaymiz! QR Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Axborot xizmati

















