Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan «Yosh qutqaruvchi» musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi yuqori tashkiliy tarzda o‘tkazildi.

Bu musobaqa yoshlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, tezkorlik, jamoaviylik va mas’uliyat hissini oshirishga xizmat qildi.

Musobaqa yakunida g‘oliblar aniqlandi:

1-o‘rin – Nukus shahri 31-sonli maktab;
️2-o‘rin – Shumanay tumani Ixtisoslashtirilgan maktab;
3-o‘rinni – Beruniy tumani 54-sonli maktab jamoasi egaladi.

G‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz!

1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Nukus shahri 31-sonli maktab jamoasi musobaqaning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.