29-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va «MY FAIR» MCHJ hamda bir qator ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda muhim ta’lim tadbiri tashkil etildi.
Bu xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda oliy ta’lim muassasalari, xorijiy universitetlar va ta’lim markazlari o‘z imkoniyatlarini taqdim etdi.
Ko‘rgazma davomida ishtirokchilar:
– ta’lim yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot oldi;
– xorijda va yurtimizda o‘qish imkoniyatlari bilan tanishdi;
– mutaxassislik tanlovi bo‘yicha mutaxassislardan maslahatlar oldi.
Bu tadbir yoshlarning to‘g‘ri kasb tanlashi va kelajak rejalari uchun muhim yo‘nalish beruvchi tadbir bo‘lib xizmat qildi.

















