Pedagoglar jamoalari o‘rtasida «O‘yinga asoslangan ta’lim, pedagogik innovatsiyalar va didaktik o‘yinlar» festivali Beruniy tumanida tajriba-sinov tariqasida o‘tkazildi. Mazkur festivalda Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bo‘lim boshlig‘i Z.Erejepova, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent D.G‘ayipov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazi metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi maktabgacha ta’lim metodisti A.Otarbaev, vazirlik mas’ul xodimlari, shuningdek, barcha tuman (shahar) maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan direktor o‘rinbosari va eng tajribali tarbiyachilar ishtirok etdi.

Festivalning asosiy maqsadi:
1. Festivalning asosiy maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘yinga asoslangan ta’lim metodikasini keng joriy etish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyasi va ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion didaktik o‘yinlarni joriy etishni rag‘batlantirishdan iborat.

Festivalning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish faoliyati, ijodkorligi, mustaqil fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladigan didaktik o‘yinlar yaratishni rag‘batlantirish; maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi ta’lim muhitini o‘yinga asoslangan ta’lim metodikasi asosida boyitish; pedagoglarning didaktik o‘yinlarni yaratish, modellashtirish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash; festival natijalariga ko‘ra eng yaxshi didaktik o‘yinlarni aniqlash va ularni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ommalashtirish; ilg‘or pedagogik tajribalarni aniqlash va ularni keng ommalashtirish.

Festival ishtirokchilari: Festivalda Beruniy tumani hududidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlardan iborat 5 kishidan iborat ijodiy guruh ishtirok etdi. Festival «Ijodiy marafon» shaklida o‘tkazilib, jamoalar qisqa vaqt ichida o‘yinga asoslangan ta’lim metodikasi asosida yangi didaktik o‘yin yaratdi. Festival yakunida faxrli o‘rinni egallagan maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik jamoalari (I-darajali diplom bilan Beruniy tumani 20-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi, II-darajali diplom bilan Beruniy tumani 51-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi, III-darajali diplom bilan Beruniy tumani 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi) vazirlikning diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.