✅ Yurtimizdagi barcha maktablarda an’anaviy 25-may – «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbiri yaqinlashmoqda. Bu muhim sana o‘quvchilar hayotida unutilmas, quvonchga to‘la boy lahzalar bilan esda qolishi kerak.
Shu munosabat bilan, tadbirlarni tartibli, xavfsiz va ortiqcha dabdaba hamda noqonuniy pul yig‘imlarisiz o‘tkazish zarurligini alohida ta’kidlaymiz.
️ ️ Quyidagi holatlarga qat’iyan yo‘l qo‘yilmaydi:
– turli bahonalar bilan pul yig‘ish;
– avtomashinalarda ommaviy sayillar tashkil etish;
– ortiqcha tantanali tadbir va yig‘ilishlar o‘tkazish;
– sovg‘a-salom uchun majburiy mablag‘ yig‘ish;
– dasturxon bezash yoki boshqa tashkiliy ishlar uchun pul yig‘ish;
– o‘qituvchi yoki maktab ma’muriyati nomidan mablag‘ talab qilish;
– har qanday majburiy to‘lovlarni joriy etish.
✅ «So‘nggi qo‘ng‘iroq» – bu avvalo ma’naviy qadriyatlar, minnatdorchilik va yaxshilik bayrami. Uni ortiqcha xarajatlarsiz, sodda va mazmunli tarzda o‘tkazish – barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir.
📌 Hurmatli ota-onalar!
👍 Farzandlaringizning xavfsizligi va qonuniy xatti-harakatlari uchun siz ham javobgarsiz. Qonunbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda, mas’ul shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismi asosida choralar ko‘rilishini eslatib o‘tamiz.
☝️ ️Agar siz noqonuniy pul yig‘ish yoki boshqa salbiy holatlarga duch kelsangiz:
👉 Telegram orqali: https://t.me/bilimlendiriw_Korrupciya_bot va @QRMSHMBMbot
✓ Ishonch telefoni: (61) 222-94-45 murojaat qilishingiz mumkin.
✅ Murojaat etgan shaxslarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
AYAPOV AMANJOL TLEPOVICH
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
















