Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan mahalliy OAV vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✅ Uchrashuvda vazir Amanjol Ayapov so‘zga chiqib, yaqinlashib kelayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi. Ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va mas’uliyatli mehnatini alohida ta’kidladi.
✅ Tadbir davomida vazirlik tomonidan tayyorlangan bayram sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar va ezgu tashabbuslarni keng jamoatchilikka tezkor, xolis va professional tarzda yetkazib berayotgan OAV vakillariga minnatdorlik bildirildi.
QR Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Axborot xizmati

















