Ijtimoiy tarmoqlar orqali To‘rtko‘l tumani 45-sonli maktabda noqonuniy pul yig‘ish holatlari bo‘yicha post tarqaldi.
Tarqalgan post bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nazoratga olib o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganish davomida To‘rtko‘l tumani 45-sonli maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilarining ota-onalari bilan suhbat o‘tkazilganda, 2026 yil 25 may so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida sahna bezagi uchun ota-onalar tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda yordam berilganligi aniqlandi.
Shu bilan birga maktab ma’muriyati va barcha sinf rahbarlari bilan suhbat o‘tkazildi. Pul yig‘ish bo‘yicha hech qanday topshiriq berilmaganligi aniqlanganligini ma’lum qilib bildiramiz.
















