Qozog‘istonda o‘tkazilgan XII xalqaro harbiy-vatanparvarlik yig‘ini – «Aybin-2026» musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi faxrli 2-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi «Vatan tayanchi» harakati a’zolaridan iborat terma jamoa yuqori natijalarni ko‘rsatib, xalqaro maydonda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.

Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun yana bir quvonchli tomoni shundaki, terma jamoa safida Qo‘ng‘irot tumani 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari Xojamuratov Hasan va Husan ham munosib ishtirok etib, ushbu yuqori natijaga o‘z hissalarini qo‘shdi.

G‘oliblarimizni chin dildan tabriklaymiz va ularga yanada ulkan zafarlar tilaymiz!