Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan muhim majlis o‘tkazildi.
Majlisda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Amanjol Ayapov, vazir o‘rinbosarlari, vazirlikning bo‘lim boshliqlari va mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
Kun tartibida ta’lim tizimining bugungi kundagi eng muhim yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi.
Xususan:
➖ 2026-2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonini ochiq-oshkora va tizimli ravishda davom ettirish;
➖ Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarini adolatli va shaffof o‘tkazish;
➖ Pedagog xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini belgilangan tartib asosida tashkil etish;
➖ Umumta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish;
➖ Yoshlar, ayniqsa, o‘smirlar o‘rtasida erta nikoh holatlarining oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish;
➖ Ta’lim muassasalarida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, xavfsiz va sog‘lom muhitni ta’minlash;
➖ O‘quvchi-yoshlar qalbida millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Majlis yakunida vazir tomonidan barcha mas’ullarga belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, ta’lim sifatini oshirish va yangi o‘quv yiliga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.

















