️Bo‘zatov tumanida ta’lim tizimining muhim masalalari muhokama qilindi
Bugun Bo‘zatov tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli tumandagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda vazir Amanjol Ayapov ishtirok etib, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohada olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi muhim vazifalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda Bo‘zatov tumanida jami 19 maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 13 tasi davlat, 6 tasi oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olish darajasi 71,9 foizni tashkil etadi. Shuningdek, tumanda 14 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyat yuritmoqda.
Ochiq muloqotda ta’lim tizimiga oid bir qator muhim masalalar ham atroflicha muhokama qilindi.
Shundan:
➖ Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olish ko‘rsatkichini yanada oshirish;
➖ O‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish;
➖ Yoshlarni turli yot g‘oyalar va diniy oqimlar ta’siridan asrash borasida ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagoglarning mas’uliyatini yanada oshirish;
➖ Pedagoglarning attestatsiyaga puxta tayyorgarlik ko‘rishi, kasbiy bilim va malakasini muntazam oshirib borishi;
➖ Ta’lim muassasalarini 2026-2027-o‘quv yiliga har tomonlama sifatli tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar orasida millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish va bu boradagi ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

















