Huquqiy nigilizm haqida tushuntirish ishlari olib borildi

Huquqiy nigilizm — bu jamiyat yoki shaxsning huquq va qonunlarga nisbatan salbiy munosabati, ularga ishonmasligi yoki ularni mensimasligidir. Bunday holatda inson qonunlarning ahamiyatini inkor etadi, huquqiy normalarga rioya etishni zarur deb hisoblamaydi. Huquqiy nigilizm jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda huquqiy davlat barpo etilishiga to‘sqinlik qiladi.

To‘rtko‘l tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari mas’ul xodimlari ishtirokida “Aholi o‘rtasida huquqiy nigilizm holatlarining oldini olish, fuqarolarda huquqbuzarliklarning jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun salbiy oqibatlarga olib keluvchi illat ekanligi to‘g‘risida to‘g‘ri dunyoqarashni shakllantirish va mustahkamlash” mavzusida umumiy profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi.

✅ Yig‘ilishda huquqiy nigilizmning mazmuni, sabablari, turlari hamda uning oldini olish yo‘llari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

✅ Shuningdek, kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tayyorlangan tarqatma materiallar barcha tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga yetkazildi.