2026-yilda “Ochiq byudjet” loyihasining 1-bosqichi doirasida
2026-yilda “Ochiq byudjet” loyihasining 1-bosqichi yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi 10 ta umumta’lim maktabi g‘olib deb topildi. Ular tomonidan taqdim etilgan loyihalar ta’lim muassasalarining infratuzilmasini yaxshilash hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan. Mazkur 10 ta loyihaning umumiy qiymati 15,6 mlrd so‘mni tashkil etadi.
G‘oliblar qatoridan quyidagi maktablar o‘rin oldi:
- Amudaryo tumanidagi 80-sonli maktab;
- Beruniy tumanidagi 62-sonli maktab;
- Qo‘ng‘irot tumanidagi 43-sonli maktab hamda 3-sonli maktab filiali;
- Taxiatosh tumanidagi 13-sonli maktab (4-uchastka);
- To‘rtko‘l tumanidagi 18-sonli va 39-sonli maktablar;
- Nukus tumanidagi 31-sonli maktab;
- Ellikqal’a tumanidagi 36-sonli maktab.
Bugungi kunda 6 ta obyektda qurilish va ta’mirlash ishlari boshlangan bo‘lsa, qolgan 4 ta obyekt bo‘yicha pudrat tashkilotlarini aniqlash yuzasidan tender savdolari o‘tkazilmoqda.
















