«Ochiq byudjet» loyihasining 2026 yil 1-bosqichida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qarashli 10 ta umumta’lim maktablari infratuzilmasini yaxshilash hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha o‘z loyihalari bilan qatnashib, g‘olib bo‘ldi. Ushbu 10 ta loyihaning umumiy qiymati 15,6 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

Asosan

Amudaryo tumani 80-sonli, Beruniy tumani 62-sonli, Qo‘ng‘irot tumani 43-sonli va 3-sonli (filial), Taxiatosh tumani 4-13-sonli, To‘rtko‘l tumani 18-39-sonli, Nukus tumani 31-sonli va Ellikqal’a tumani 36-sonli maktablar.

Bugungi kunda 6 ta obyektda qurilish, ta’mirlash ishlari boshlangan bo‘lsa, 4 ta obyektning quruvchi korxonalarini aniqlash bo‘yicha tender savdolariga joylashtirilgan.