Maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifikatiga ega bo‘lishi hamda vakant direktorlik lavozimi uchun vazirlikning «manager.uzedu.uz» saytiga hujjatlarini topshirishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Direktorlar Kengashi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori vakant lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarning lavozim talablariga mosligini o‘rganadi hamda lavozim talablariga mos keladigan nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi.
Maktab direktorlarini lavozimga tayinlash Direktorlar Kengashi tomonidan o‘tkazilgan suhbat yakuni bo‘yicha tegishli tavsiyasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tayinlanadi.
Direktorlikka nomzod bo‘lsangiz quyidagi vakant direktor lavozimiga 2026-yil 30-iyul sanasidan 1-avgust sanasigacha hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin.
Amudaryo tumani 24, 54, 56, 69-sonli maktablar;
Bo‘zatov tumani 1-, 5-, 12-sonli maktablar;
Qorao‘zak tumani 1-, 19-, 29-sonli maktablar;
Kegeyli tumani 27, 36-sonli maktablar;
Qo‘ng‘irot tumani 13-, 17-, 56-sonli maktablar;
Mo‘ynoq tumani 3-, 6-, 14-, 16-, 18-sonli maktablar;
Nukus tumani 12-sonli maktab;
Taxiatosh tumani 17-, 19-sonli maktablar;
Taxtako‘pir tumani 4-, 10-, 23-sonli maktablar;
To‘rtko‘l tumani 45, 47, 48, 52, 61-sonli maktablar;
Xo‘jayli tumani 8-, 9-, 16-, 31-, 37-, 38-sonli maktablar;
Chimboy tumani 3-sonli maktab;
Shumanay tumani 4-, 26-, 29-sonli maktablar;
Ellikqal’a tumani 23-sonli maktab.
















