Ijtimoiy tarmoqlar orqali To‘rtko‘l tumani 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining bolalar uchun ovqatlarining sifati bo‘yicha videomaterial tarqaldi.
Tarqalgan videomaterial bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olinib o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish natijasi bilan vazirlikning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz.
















