Sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha Respublika o‘quv-seminari o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida “Maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanish ishlarini tashkil etish” mavzusida Respublika o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Seminarda vazirlik mas’ul vakillari, Taxiatosh tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mudiri G. Djadigerova, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Seminar davomida:
🔹 bolalarni sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirishni to‘g‘ri tashkil etish;
🔹 sanitariya qoidalari va normalariga qat’iy rioya qilish;
🔹 oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va tashish;
🔹 sifatli va xavfsiz taom tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilarga Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyuldagi 626-son qarori hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 18/41-son qo‘shma qarori mazmuni va ularni amaliyotga tatbiq etish tartibi tushuntirildi.
Seminar doirasida sog‘lom ovqatlanish tizimini takomillashtirish, bolalar salomatligini muhofaza qilish, ovqat sifatini nazorat qilish va sanitariya talablariga rioya etish bo‘yicha tajriba almashildi hamda amaliy tavsiyalar berildi.

















